Toshkentda nosoz lift sabab fuqarolar ichkarida qolib ketdi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan 12-uy liftida nosozlik yuzaga kelishi natijasida fuqarolar ichkarida qolib ketgani ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu borada Qurilish va uy-joy xo‘jaligi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva voqea joyiga borib, holatni o‘rgangan. Aniqlanishicha, liftning sekinlashtirish funksiyasini bajaruvchi datchik ishlamay qolgan. Natijada himoya tizimi faollashib, lift 2 va 3-qavatlar orasida to‘xtab qolgan.
Shundan so‘ng «Eco hudud» va liftlarni ekspluatatsiya qiluvchi «Xavfsiz lift» tashkiloti xodimlari voqea joyiga kelib, fuqarolarni 4-5 daqiqa ichida olib chiqqan. Hozirda lift to‘liq ta’mirlanib, qayta ishga tushirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chirchiqdagi sobiq texnikum binosi o‘rnida zamonaviy gimnaziya tashkil etilishi yuzasidan bildirilgan munosabat haqida yozgandi.