
AQSh prezidenti Donald Tramp biznesmen Ilon Maskni qo‘llab-quvvatlash uchun Tesla avtomobilini sotib oldi. Mask esa X ijtimoiy tarmog‘ida ikki yil ichida elektromobil ishlab chiqarishni ikki baravar oshirish niyatida ekanini ma’lum qildi.
Maskning ta’kidlashicha, bu bilan kompaniya Donald Tramp va uning iqtisodiy siyosatini qo‘llab-quvvatlashini bildiradi. Biroq maqsadni amalga oshirish tafsilotlari hali oshkor etilmagan.
Hozirda Tesla’ning AQShdagi ishlab chiqarish quvvati yiliga taxminan 1,1 million avtomobilni tashkil etadi. Shu bilan birga, 2024-yilda kompaniyaning global savdosi taxminan 1,8 million donani tashkil etdi.
Tesla aksiyalari 15 foizga pasaydi. Ilon Maskning federal hukumatning budjeti va faoliyatiga doir qarorlarini tanqid qilishlari davom etmoqda. Shu bilan birga, kompaniya xalqaro bozorda ham qator muammolarga duch kelmoqda. Fevral oyida Germaniyada Tesla avtomobillari savdosi 76 foizga, Xitoyda esa o‘tgan yilga nisbatan 49 foizga kamaygan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Tesla kompaniyasi aksiyalari shu haftaning dushanba kuni 15 foizdan ortiqqa pastlagani haqida yozgan edi.