YUNESKOning 80 yilligi Samarqandda nishonlanadi

eʼlon qilindi
Ushbu sana tashkilotning 43-sessiyasiga to‘g‘ri keladi
Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev YUNESKO Bosh direktori bilan uchrashdi/ Foto: President.uz

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga davlat tashrifi doirasida 12-mart kuni YUNESKO Bosh direktori Odri Azuleni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati maʼlum qildi.

Uchrashuvda YUNESKO bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda joriy yilning kuzida Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik koʻrish masalalari muhokama qilindi.

YUNESKO Bosh konferensiyasining Samarqand shahridagi 43-sessiyasi tashkilotning soʻnggi 40 yil ichida Parijdan tashqarida oʻtkaziladigan birinchi yirik tadbiri boʻladi. Ushbu muhim voqea YuNESKOning 80 yilligiga toʻgʻri keladi.

Tomonlar hamkorlikni kengaytirish, konferensiya doirasida xalqaro forum va tadbirlarni oʻtkazishni davom ettirishga kelishib oldi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Rubob yasash va chalish sanʼati YUNESKO roʻyxatiga kiritilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek