AQShdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

eʼlon qilindi
Fuqarolar Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonaga murojaat qilishlari kerak
Biometrik pasport
AQShdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi / Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan

AQShda istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga biometrik pasport bilan bog‘liq ogohlantirish berildi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan boshlab eski namunadagi (nobiometrik) pasportlar o‘z kuchini yo‘qotgan. Shu sababli muddati o‘tgan yoki hali amal qilish muddati tugamagan eski pasport egalari Vatanga qaytish uchun O‘zbekistonning AQSHdagi diplomatik vakolatxonalari orqali qaytish guvohnomasini rasmiylashtirishlari kerak.

Batafsil ma’lumot olish uchun fuqarolar O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi bilan bog‘lanishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon raqamlar: +1917-539-4664, +1347-217-4406, shuningdek, diplomatik missiya telefonlari: +1212-754-7403, +1212 -754-6178.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiyadagi fuqarolar ogohlantirilgani haqida yozgandi.

Shuningdek