Bakalavriat sinovlari uchun test topshiriqlari soni va fanlar ro‘yxati e’lon qilindi

2025/2026-o‘quv yilida bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar va test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari ma’lum qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Vazirlikning tegishli buyrug‘i bilan mezonlar o‘tgan yilgi qabuldagi singari o‘zgarishsiz qoldirildi. Unga ko‘ra, barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta ta fan(ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi)dan jami 30 ta savol uchun 1,1 balldan 33 ball beriladi.
Ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan ikkita fanning birinchisiga 30 ta savol uchun 3,1 balldan jami 93 ball, ikkinchisiga esa 30 ta savolga 2,1 balldan jami 63 ball qo‘yiladi.
Abituriyentlar sinovda umumiy 5 ta fan bo‘yicha maksimal ball – 189 ballni to‘plashlari mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovida topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlangani haqida yozgandi.