Endi MChJlar korporativ shartnomalar tuzishi mumkin bo‘ladi

eʼlon qilindi
Bu haqda qonun loyihasi qabul qilindi
MChJ, korporativ shartnoma, hujjat
Endi MChJlar korporativ shartnomalar tuzishi mumkin bo‘ladi / Foto: Pexels.com

Oliy Majlisda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, amaldagi qonunchilikda korporativ shartnomalar tuzish huquqi, filial va vakolatxonalar ochish tartibi, nizoli vaziyatlarni mediatsiya yoki hakamlik sudi orqali hal etish mexanizmlari aniq belgilanmagani keltirib o‘tildi. Bu qonun MChJlar faoliyatidagi mavjud huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish, xalqaro tajribani joriy qilish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Jumladan, MChJ ishtirokchilariga o‘z huquqlarini amalga oshirish uchun korporativ shartnomalar tuzish huquqi beriladi. Filial va vakolatxonalar ochish tartibi huquqiy asosda belgilanadi hamda jamiyat kuzatuv kengashining qarorlari sirtdan ovoz berish (so‘rov orqali) yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, ustav fondidagi ulushni boshqa shaxsga o‘tkazish oddiy yozma bitim asosida amalga oshiriladi. MChJlar faoliyat yuritish uchun litsenziyadan tashqari boshqa ruxsat etuvchi hujjatlardan ham foydalanish imkoniyati beriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan endilikda nodavlat notijorat tashkilotilari mablag‘lari haqida ommaga ochiq ma’lumot berib borishi haqida yozgandi.

Shuningdek