Yangiliklar

Farg‘ona aeroportida S7 Airlines samolyotining qo‘nish moslamasi shikastlandi

Kompaniya Oʻzbekistondan Novosibirskka qaytish reysini amalga oshirish uchun zaxira samolyoti joʻnatilganini maʼlum qildi
s7
Fargʻona aeroportida S7 samolyotining qoʻnish moslamasi shikastlandi/ Foto: Digital Russia

2025-yil 12-mart kuni Farg‘ona xalqaro aeroportida S7 Airlines aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyoti Novosibirskdan amalga oshirilgan reysi davomida uchish-qo‘nish yo‘lagida qolib ketdi.

Ma’lum qilinishicha, uchoq qoʻnganidan soʻng uning oʻng asosiy shassisidagi tashqi gʻildiragi qulflanib qolgan, bu esa shina buzilishiga olib kelgan. Samolyot komandiri texnik yordam chaqirgan. Tekshiruv natijasida bir nechta g‘ildirakni mahkamlovchi murvatlar yetishmasligi aniqlangan.

Kompaniya Oʻzbekistondan Novosibirskka qaytish reysini amalga oshirish uchun zaxira samolyoti joʻnatilganini maʼlum qildi.

Avvalroq Utairʼga tegishli Boeing 737-8GU samolyoti UT-789 reysi bilan Moskva – Fargʻona yoʻnalishida parvoz qilib ketayotgan ekipaj Fargʻona aeroportiga qoʻnish oʻrniga Toshkent xalqaro aeroportiga yoʻnalishni oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.