O‘zbekistonda xorijiy va qo‘shma kompaniyalar soni 8 foizga ko‘paydi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Xitoy kompaniyalari yetakchi
korxona, xorijiy va qo'shma
Fevral oyida O‘zbekistonda xorijiy va qo‘shma kompaniyalar soni 8 foizga ko‘paydi / Foto: Pexels.com

Shu yilning 1-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 15,5 mingta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar mavjud. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan korxonalar soni 8 foizga yoki 1,2 mingga ko‘paygan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Jumladan, ularning 4 mingtasi qo‘shma korxonalar, qolgan 11,4 mingtasi xorijiy kompaniyalar hisoblanadi.

Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha Xitoy yetakchilik qilmoqda – 3,5 mingta korxona. Undan keyingi o‘rinlarda Rossiya (3 mingta), Turkiya (1,8 mingta), Qozog‘iston (1 mingta) va Janubiy Koreya (662 ta) joylashgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yanvar oyida 7,3 mingta yangi korxona tashkil etilgani haqida yozgandi

Shuningdek