O‘zbekistonda havo yoʻlovchi transporti narxi 23,2 foizga oshdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi hisobotida ma’lum qilindi

O‘zbekistonda havo yo‘lovchi transport xizmatining narxi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23,2 foizga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi hisobotida ma’lum qilindi.
Temir yo‘l chiptalari narxi o‘tgan yil fevral oyiga nisbatan 18,6 foizga ko‘tarildi. Avtomobil tashish xizmatlari esa 11,1 foizga qimmatlashdi.
Shuningdek, benzin narxi 2,9 foizga oshgan bo‘lsa, metan 20,9 foizga qimmatlashdi. Propan esa yanvar oyiga nisbatan 4,3 foizga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,3 foizga oshdi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan guruch va bugʻdoy uni narxi pasayishda davom etgani haqida yozgan edi.