Sud majlislarida videoaloqa orqali ishtirok etish tartibi joriy qilindi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarida aholining masofadan ishtirok etishi uchun huquqiy asos bo‘ladi

Prezident tomonidan 11-mart kuni «Aholining sud majlislarida masofadan turib ishtirok etishi uchun qulay sharoitlar yaratish munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» Qonunni imzoladi.
Ushbu hujjat fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarida aholining masofadan ishtirok etishi uchun huquqiy asos yaratadi. Sud majlisida qatnashishni ta’minlash uchun videoaloqa rejimidan foydalanish tartibi joriy etiladi.
Mobil videoaloqa tizimidan foydalangan holda sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslarning shaxsi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda koʻrayotgan sud tomonidan aniqlanadi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda «Raqamli sud» konsepsiyasi joriy etilishi haqida yozgan edi.