Germaniya muhandis-mexanik va chilangarlarni ishga taklif qilmoqda

eʼlon qilindi
Oylik maosh 1.8 ming yevrogacha
Foto: Pexels.com

Germaniyaning Amazone ish beruvchi tashkiloti va Migratsiya agentligi payvandchi, muhandis-mexanik hamda chilangar yo‘nalishlarida ish o‘rinlarini taklif etmoqda. Bu haqda agentlik rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, jami 70 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lib, ish haqi 1,8 ming yevroni tashkil etadi. Uy ijarasi va ovqatlanish xarajatlari nomzodning o‘z hisobidan bo‘ladi.

Ishga qabul qilinadigan nomzodlar 40 yoshgacha bo‘lishi, nemis tilini kamida A2 darajada bilishi va xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim. Shuningdek, metall texnologiyasi, qishloq xo‘jalik texnikasi yoki mashinasozlik sohasida kasb-hunar yoki bakalavr diplomi talab qilinadi. Soha bo‘yicha kamida 1 yillik tajribaga ega bo‘lish, sudlanmaganlik va jismonan sog‘lom bo‘lish ham asosiy talablar qatoriga kiradi.

Ish haftasiga 5 kun, 40 soat davom etadi. Ishchilar uchun aviabilet, aeroportdan ish joyigacha transfer va arzonlashtirilgan yashash joyini topishda yordam ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jalik texnikasi, gidravlika va elektron komponentlar yig‘ish bo‘yicha tajribaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi. Sinov muddati 6 oy.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun xorijdaish.uz sahifasiga, qo‘shimcha ma’lumot uchun esa +998 71-202-33-55 (ichki raqam 10) telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya avtobus haydovchilarini ishga taklif etgan edi.

Shuningdek