Guruch va bugʻdoy uni narxi pasayishda davom etmoqda
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Iste’mol narxlari indeksi

Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari boʻyicha iste’mol narxlari indeksi e’lon qilindi. Unga koʻra guruch va bugʻdoy uni narxlarida pasayish kuzatilgan.
Guruch va guruch oqshogʻi narxi oʻtgan oy bilan taqqoslaganda 3,9 foizga, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 10,4 foizga kamayganini koʻrish mumkin.
Bugʻdoy uni narxi esa oʻtgan oy bilan taqqoslaganda 5 foizga, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 7,6 foizga kamaygan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2024-yilda Oʻzbekistonda inflyatsiya darajasi 9,8 foizni tashkil qilgani haqida yozgan edi.