Janubiy Jongeldi uran konidan yiliga 700 metrik tonna uran qazib olinadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Fransiya va O‘zbekiston bu borada ikki tomonlama shartnoma imzoladi
Orano
Janubiy Jengeldi uran konidan yiliga 700 metrik tonna uran qazib olinadi/ Foto: Orano

Orano va «Navoiyuran» Janubiy Jongeldi uran qazib olish loyihasi bo‘yicha sanoat rivojlanishiga asos bo‘luvchi kelishuvni e’lon qildi. Bu haqda Orano kompaniyasi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Shartnoma shartlariga koʻra, Janubiy Jongeldi loyihasi loyiha operatori boʻlgan «Navoiyuran»ning mavjud sanoat bazasiga birlashtiriladi.

Shartnoma, shuningdek, Yaponiyadan yangi hamkor ITOCHU korporatsiyasining qoʻshma korxonada minoritar ulushga ega boʻlishini anglatadi.

«Ushbu loyiha guruhning ishlab chiqarish manbalarini diversifikatsiya qilishga yordam beradi. Bu yangi bosqich Oʻzbekistonda soʻnggi 5 yil davomida amalga oshirilgan ishlar natijasida amalga oshirildi. Orano oʻzining geologik va texnik tajribasini loyihaning keyingi rivojlanishiga olib borishni maqsad qilgan va bu bilan kompaniya faoliyatini kengaytirishni qoʻllab-quvvatlaydi», – dedi Orano konchilik faoliyati boʻyicha katta ijrochi vitse-prezidenti Xavier Saint Martin Tillet.

Janubiy Jongeldi loyihasi 10 yil davomida ishlab chiqarish jarayonini ta’minlab, yillik maksimal hajmi 700 metrik tonnaga yetishi kutilmoqda.

Kursiv Uzbekistan nashri Namanganda eski uran koni konservatsiya qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek