Jizzax shahri uchun 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
eʼlon qilindi
Joriy yil oxiriga qadar Jizzax viloyatiga yana 60 ta avtobus olib kelish rejalashtirilgan

Aholiga transport xizmatlarini yaxshilash maqsadida Jizzax viloyatida yangi avtobuslar harakatga chiqmoqda. Jizzax Orient Trans kompaniyasi tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan 30 dona Zhongtong rusumli zamonaviy avtobuslar olib kelindi.
Yangi avtobuslar Jizzax shahrida uchta yangi yo‘nalishda brutto-shartnoma asosida harakatlanishi rejalashtirilgan:
- 107-sonli yo‘nalish: Zilol MFY – Nurafshon MFY
- 110-sonli yo‘nalish: So‘g‘diyona MFY – Uchariq MFY
- 113-sonli yo‘nalish: Jizzax ASHB – Tovar XAB
Joriy yil oxiriga qadar Jizzax viloyatiga yana 60 ta avtobus olib kelish rejalashtirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Angren shahriga yangi Yutong avtobuslari olib kelinishi haqida xabar bergan edi.