Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
1-oktabrdan jamg‘arma subsidiya, grant va ssudalar ajratadi

11-mart kuni Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Uning asosiy maqsadi «Kambag‘al oilalar reyestri»ga kiritilgan fuqarolarning bandligini rag‘batlantirish hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishdir. Shuningdek, ushbu shaxslarga va ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga moliyaviy yordam beriladi.
2025-yil 1-oktabrdan jamg‘arma mablag‘lari hisobidan subsidiya, grant va ssudalar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston – Fransiya universiteti tashkil etilishi haqida yozgandi.