Macquarie Bank oltin narxining $3,5 minggacha koʻtarilishini taxmin qilmoqda

eʼlon qilindi
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, 2025-yilda qimmatbaho metall 12 foizga o‘sgan
Macquarie Bank oltin narxining $3,5 minggacha koʻtarilishini taxmin qilmoqda/ Foto: bashta/Depositphotos

Joriy yilning uchinchi choragida oltinning narxi bir troya unsiyasi $3,5 mingga yetishi taxmin qilmoqda. Bu haqda Bloomberg Avstraliyaning Macquarie Group investitsiya banki prognoziga tayanib xabar bermoqda.

Bank tahlilchilarining ta’kidlashicha, oltin narxining yuqoriligi investorlarning kredit yoki kontragent xavfi yoʻqligi uchun toʻlashga tayyorligi tufayli saqlanib qoladi. Oltin bu yil beqaror geosiyosiy vaziyat va AQSh prezidenti Donald Trampning tarif siyosati tufayli 12 foizga oʻsdi.

Eslatib oʻtamiz, «Kursiv» Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord darajaga yetgani haqida yozgan edi.

Shuningdek