Namangan va Nukus jamoat transporti takomillashtiriladi

eʼlon qilindi
Buyuk Britaniyaning «Atkins» kompaniyasi bilan hamkorlikda
Foto: Transport vazirligi

Namangan va Nukus shaharlarida ekologik toza va zamonaviy jamoat transporti tizimini rivojlantirish maqsadida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) bilan hamkorlikda yirik loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Loyiha doirasida xalqaro talablar asosida transport tizimini modernizatsiya qilish, zamonaviy avtobuslar xarid qilish va elektrobuslar uchun maxsus park tashkil etish rejalashtirilgan. Buyuk Britaniyaning «Atkins» kompaniyasi loyiha texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqadi.

YeTTBning Osiyo mintaqasidagi vakili Nadejda Klyuchnikova boshchiligidagi ishchi guruh Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev bilan uchrashib, loyiha bosqichlarini muhokama qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida tramvay qayta tiklanishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek