Oʻzbekistonda mehmonxona biznesini boshqarish dasturi ishga tushiriladi

eʼlon qilindi
Dasturning hamkori Les Roches boʻladi
Oʻzbekistonda mehmonxona biznesini boshqarish dasturi ishga tushiriladi
Oʻzbekistonda mehmonxona biznesini boshqarish dasturi ishga tushiriladi Foto: Roman Fedotov/ Kursiv Uzbekistan

Oʻzbekistonda mehmonxona biznesini boshqarish dasturi ishga tushiriladi. Bu haqda Respublika Turizm qoʻmitasi xabar bermoqda.

Samarqanddagi Xalqaro Turizm akademiyasi Les Roches bilan hamkorlikda Mehmonxona biznesini boshqarish dasturini ishga tushiradi.

Les Roches – mehmondoʻstlik sohasida taʼlim beruvchi dunyo yetakchisi boʻlib, u 1979-yilda Shveysariyada tashkil etilgan. U oʻzining boy tajribasi va innovatsion oʻqitish usullarini akademiyaga tatbiq etadi. Dastur bitiruvchilari UN Tourism hamda Les Roches tomonidan eʼtirof etilgan sertifikatlarga ega boʻladi, bu esa ularga mehmonxona biznesida muvaffaqiyatli karyera qurish imkoniyatini beradi.

Kursiv Uzbekistan nashri Turizm qoʻmitasi 2025-yilda Oʻzbekistonga 12 million xorijiy sayyoh kelishini taxmin qilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek