Ochiqlik indeksi endilikda raqamli nazorat orqali baholanadi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Natijasi esa ommaga e’lon qilib boriladi
                    
                            
Ochiqlik indeksini monitoring qilish va baholash jarayonlari endilikda inson omilisiz, maxsus elektron dastur orqali amalga oshiriladi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida ochiqlik siyosati qat’iy davom etishini ta’kidladi. Shu asosda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bu yil uchinchi bor Ochiqlik indeksini e’lon qiladi.
Ma’lumot uchun, korrupsiya holatiga duch kelganda, fuqarolarimiz 1253 «Call-markazi» orqali murojaat qilishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Korrupsiyani baholash indeksida 121-o‘rinni egallagan edi.