O‘zbekiston eng qimmat xususiy bog‘chalar jahon reytingida 62-o‘rinni egalladi

Xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari xizmat narxlari bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tadqiqot natijalariga ko‘ra O‘zbekiston 127 mamlakat orasida 62-o‘rinni egalladi. Bu haqda Ranking xabar berdi.
Reytingda respublikadagi xususiy bog‘chalarining xizmat narxlari o‘rtacha darajada ekanligi ko‘rsatilgan. Ya’ni bir oy uchun bitta bolaga xizmat narxi $295,3 ni tashkil etgan.

Shuningdek, MDH davlatlari orasida Rossiya ($262,9), Ozarbayjon ($242,2), Qozog‘iston ($240,6), Qirg‘iziston ($190,3) va Tojikiston ($104,3) xususiy bog‘cha xizmatlari O‘zbekistonga nisbatan arzon.
O‘zbekistondan qimmat davlatlar qatorida esa Ukraina ($296,9), Belarus ($299,3), Armaniston ($306,9) va Moldova ($372,3) bor.
Dunyo bo‘yicha eng qimmat narxdagi xususiy bog‘chalarga ega davlatlar yetakchiligida Shveysariya($2796,6), Niderlandiya($1991,5) va Buyuk Britaniya($1614,1) turibdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiyaga turmushga chiqish bo‘yicha o‘zbekistonliklar Top uchlikka kirgani haqida yozgandi.