O‘zbekistonda dollar kursi yana oshadi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
14-martdan 18,11 so‘mga oshadi

14-martdan AQSh dollarining rasmiy kursi 18,11 so‘mga oshib, 12 938,11 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 860 – 12 930 so‘mdan sotib olayotgan bo‘lsa, 12 930 – 12 980 so‘m oralig‘ida sotmoqda.
Shu bilan birga, yevro 25,52 so‘mga tushib, 14 076,66 so‘mga yetdi. Rossiya rubli esa 0,47 so‘mga oshib, 149,99 so‘mga teng bo‘ldi.
Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 so‘mga yetishi mumkin.