O‘zbekistondagi Pepsi ta’sischisi Burger King Qozog‘istonni sotib oldi

eʼlon qilindi
Bitim summasi oshkor etilmagan
Фото: Unsplash

O‘zbekistonda Pepsi 7UP ishlab chiqaruvchi kompaniya asoschilaridan biri Holten Group Burger King Qozog‘iston franchayzini sotib oldi.

Franshizaning asoschisi «Verniy kapital» kompaniyalar guruhi va uning hamkori Anuar Utemuratov bo‘ldi. Bitim summasi oshkor etilmagan.

Korxona va tashkilotlarning yagona reyestri ma’lumotlarida 13-mart holatiga koʻra, Holten Group International Beverages Tashkent ustav kapitalidagi 0,1% ulushga egalik qiladi. Qolgan 99,9 tasi Holten Enterprise Holdings Ltd kompaniyasiga tegishli.

International Beverages Tashkent kompaniyasi Pepsi, 7UP va Mirinda, Mountain Dew brendlari ostida gazlangan ichimliklar ishlab chiqaradi.

2021-yilda Spot.uz Burger King O‘zbekiston bozoriga kirishi mumkinligi va Moskvadan kelgan kompaniya franchayzer bo‘lishi kerakligi haqida xabar bergan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Pepsi ishlab chiqaruvchisi Baraka market’ning 100 foizlik ulushini sotib olishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek