O‘zbekistonga Qozog‘istondan ikki mln tonna g‘alla eksport qilindi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Olti oyda
g'alla, bug'doy
O‘zbekistonga Qozog‘istondan ikki mln tonna g‘alla eksport qilingan / Foto: AP Photo

2024-yilning sentabridan 2025-yilning fevraligacha Qozog‘iston O‘zbekistonga 2,2 mln tonna g‘allani eksport qilgan. Bu haqda Zakon.kz nashri xabar berdi.

O‘tgan olti oyda Qozog‘iston 7,4 mln tonna g‘alla eksportini amalga oshirdi. Shundan 1,6 mln tonnasi ichki bozorga, 5,8 million tonnasi tashqi bozorga yo‘naltirilgan.

Eng ko‘p eksport qilingan davlatlar orasida O‘zbekiston o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foiz o‘sish bilan birinchi o‘rinda turibdi. Keyingi o‘rinlarni Tojikiston, Eron, Ozarbayjon va Afg‘oniston egallagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan respublikaga Qirgʻizistondan kartoshka importini uch baravar oshirgani haqida yozgandi.

Shuningdek