Parij ko‘chalaridan biriga Samarqand nomi berildi

eʼlon qilindi
Esdalik yorlig‘i Parij meriyasi muzeyida namoyish etiladi
shavkat mirziyoyev fransiyada
Parijning ko‘chalaridan biriga Samarqand nomi berildi / Foto: Prezident matbuot xizmati

Fransiyaga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parij shahri meri Ann Idalgo bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.

Prezidentimiz Parij merini yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini muvaffaqiyatli o‘tkazgani bilan qutlab, shuningdek, Parij ko‘chalaridan biriga Samarqand nomi berilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Ann Idalgo esa O‘zbekiston rahbariga olimpiada tadbirlari chog‘ida jamoat xavfsizligini ta’minlashda ko‘rsatilgan yordam uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Toshkent va Parij o‘rtasidagi shaharsozlik, yashil hududlar barpo etish, jamoat transporti, raqamlashtirish va kommunikatsiyalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha tajriba almashish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, madaniy tadbirlar, gastronomik festivallar va sayyohlik loyihalarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Uchrashuv yakunida Parij ko‘chalaridan biriga Samarqand nomi berilishi bo‘yicha rasmiy marosim o‘tkazildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Parij meri Ann Idalgo faxriy mehmonlikni tasdiqlovchi hujjatni imzoladilar. Ushbu esdalik yorlig‘i Parij meriyasi muzeyida namoyish etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident Fransiyaning Faxriy legion ordeni bilan taqdirlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek