«Poytaxt Bank» raisi vazifasini bajaruvchi etib Do‘stboy Abjalov tayinlandi

«Poytaxt Bank» aksiyadorlarining 17-fevraldagi qarori bilan Abjalov Do‘stboy Abdurashidovich ushbu bankning boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Open info’da ma’lumot berildi.
Tayinlovga qadar Abjalov o‘tgan yilning avgust oyidan beri shu bankning boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Oldingi boshqaruv rahbari Raxmatov Xasan O‘tkirovich yanvar oyidan «Asia Alliance Bank» kuzatuv kengashi raisi etib saylangani uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 17-fevraldan bekor qilindi.
Ma’lumot uchun, Abjalov 1984-yilda Samarqand viloyatining Nurobod tumanida tug‘ilgan. 2007-yil Toshkent moliya institutini tamomlagan. Bank sohasida 15 yildan ortiq tajribaga ega.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Aleksey Maksimov Humo toʻlov tizimi rahbari etib tayinlangani haqida yozgandi.