
Shavkat Mirziyoyev Parijga tashrifi doirasida Fransiyaning eng nufuzli mukofoti – Faxriy legion ordeni bilan mukofonlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mukofotni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tantanali ravishda topshirib, Mirziyoyevning ikki mamlakat hamkorligini mustahkamlashdagi xizmatlarini e’tirof etdi. O‘zbekiston yetakchisi bu yuksak sharaf uchun samimiy minnatdorlik bildirib, mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklikning mustahkamlanayotganini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Faxriy legion ordeni 1802-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, Fransiyaning eng yuksak mukofoti sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Qozogʻistonning «Oltin Qiron» ordeni bilan taqdirlangan edi.