Deputat Qobil Dusovga nisbatan chiqarilgan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi

eʼlon qilindi
sud
Sud hukmini o‘zgarishsiz qoldirildi
Qobil Dusov, qamoq
Deputat Qobil Dusovga nisbatan chiqarilgan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi. Foto: Qobil Dusov Tellegram kanali

Toshkent shahar sudi sobiq deputat Qobil Dusovga nisbatan chiqarilgan sud hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 2025-yil 24-yanvardagi qarori apellyatsiya bosqichida ham o‘z kuchida qoldirildi. Dusov Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi «a» bandi bo‘yicha aybdor deb topilgan. Unga dastlab bir yil-u ikki oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangandi.

Yashnobod tuman IIO FMB Probatsiya bo‘limi Dusov belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmaganini bildirgan. Unga kech soat 21:00 dan ertalab 07:00 gacha yashash joyidan chiqish taqiqlangan, internetdan foydalanish va ommaviy tadbirlarda qatnashish cheklovlari qo‘yilgandi. Shunga qaramay u cheklovlarni buzgan, internetdan foydalanishda davom etgan.

11- va 24-yanvar kunlari intizomiy jazo tariqasida ogohlantirish berilishiga qaramasdan, u tartibga amal qilmagan. Shu sababli, sud tomonidan sobiq deputatning ozodlikni cheklash jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Gruziya sudi Mixail Saakashviliga to‘qqiz yil qamoq jazosi bergani haqida yozgandi.

Shuningdek