Lifestyle

«Real» «Atletiko»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi. Chorakfinalning barcha juftliklari ma’lum boʻldi

UEFA Chempionlar ligasida 1/8 finalning javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi
«Real» «Atletiko»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi. Foto: Sky Sports

Madrid derbisida «Real» va «Atletiko» jamoalari o‘rtasidagi keskin bahs penaltilar seriyasiga qadar davom etdi. «Atletiko» o‘yinning 27-soniyasidayoq gol urib, umumiy hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda esa «Real» vingeri Vinisius penaltdan foydalana olmadi.

O‘yin qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tdi, biroq unda ham g‘olib aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida «Real» g‘alaba qozondi.

«Arsenal» esa «PSV» bilan javob uchrashuvida asosiy tarkibdagi futbolchilariga dam berdi va durang natija qayd etdi. «Aston Villa» 17-daqiqadayoq kamchilikda qolgan «Bryugge» darvozasiga yana 3 ta gol urdi.

Dortmundning «Borussiya» klubi o‘z maydonida «Lill» bilan durang o‘ynagani edi, biroq Fransiyadagi javob uchrashuvida irodali g‘alabaga erishib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Shu tariqa chorakfinalning barcha juftliklari ma’lum boʻldi:
«PSJ» – «Aston Villa»
«Arsenal» – «Real»
«Barselona» – «Borussiya D»
«Bavariya» – «Inter»

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abduqodir Husanov «Manchester City»ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisiga aylangani haqida xabar bergan edi.