Rossiya davlat dumasi raisi IT Park’ni yuqori baholadi

eʼlon qilindi
Tashrif davomida IT klaster bilan hamkor Rossiya kompaniyalari haqida ma’lumot berildi
Foto: Rossiya parlamenti matbuot xizmati

Rossiya davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin Toshkentga tashrifi chog‘ida IT Park texnoklasterni yuqori baholadi, deb xabar bermoqda Rossiya parlamenti matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Volodin bilan uchrashuvda Rossiya kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida rus tili o‘qitilishi kuchaytirilganini ta’kidladi. Bu jarayonga rossiyalik pedagoglar jalb qilingan.

Davlat dumasi raisiga O‘zbekiston bilan hamkorlik qilayotgan Rossiya kompaniyalari haqida ma’lumot berildi.

Tashrif davomida Volodin Oliy Majlis rahbariyati bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.

Joriy yilda IT Park rezidentlari sonini 3 mingga yetkazish vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, shundan 250 ta kompaniya xizmatlarini eksportga yo‘naltirishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IT Park Ventures uchta startapga $650 ming sarmoya kiritgan edi.

Shuningdek