Silk Avia reysi tuman tufayli Termizga qoʻna olmadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Samolyot muqobil aerodromga yo‘naltirilgan
Silk avia
Silk Avia reysi tuman tufayli Termizga qoʻna olmadi/ Foto: Silk Avia

Silk Avia samolyoti 13-mart, payshanba kuni ertalab Termizga qoʻna olmadi. Bunga noqulay ob-havo sabab boʻlgan.

Uzbekistan Airways matbuot xizmatining Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qilishicha, Silk Avia’ning Toshkentdan Termizga parvoz qilgan US751 reysi quyuq tuman sabab Samarqand xalqaro aeroportiga yoʻnaltirilgan.

Termiz xalqaro aeroporti reyslarini qabul qilish uchun tayyor boʻlishi bilan mazkur reys Samarqand – Termiz yoʻnalishi boʻylab parvoz qilgan. Yoʻlovchilar oʻz manziliga yetkazilgan.

Avvalroq Fargʻona aeroportida S7 Airlines samolyotining qoʻnish moslamasi shikastlangani haqida yozgan edik.

Shuningdek