Toshkentda tramvay qayta tiklanadi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Yo‘l xaritasini imzolashdi

Toshkent shahrida tramvay tizimi qayta joriy etiladi. Bu haqda Fransiya Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan vazirlik-idoralararo hujjatlarni imzolash marosimida qatnashgan jurnalist Aziza Qurbonova ma’lum qildi.
Bu borada Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmonov va Fransiya tashqi savdo va xorijdagi fuqarolar bo‘yicha vazir-delegat Loran Sen-Marten tramvay tizimini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolashdi.
Mazkur hujjat Fransiya tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan rasmiy marosim doirasida e’lon qilindi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident Fransiyaning Faxriy legion ordeni bilan taqdirlangani haqida xabar bergan edi.