Tramp Yevropa alkogoliga 200% boj solish bilan tahdid qildi

eʼlon qilindi
AQSh spirtli ichimliklariga qo‘yilgan 50 foizlik bojga javoban
Foto: El Diario

AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqining AQSh spirtli ichimliklariga qo‘ygan 50% bojiga javoban Yevropa Ittifoqidan kelayotgan sharob va shampanga 200% boj solishini e’lon qildi. Bu savdo urushining yangi bosqichiga aylanishi mumkin, deya yozmoqda CNN axborot agentligi.

Yevropa Ittifoqi esa Trampning po‘lat va alyuminiy tariflariga javoban AQShning qayiqlar, burbon va mototsikllariga boj qo‘ydi. Amerika spirtli ichimliklar sanoati bu choralar katta zarar keltirishini ta’kidlamoqda.

Tramp Ittifoqni «Amerikadan foyda olish uchun tuzilgan tizim» deb atadi va boj siyosatini qat’iy davom ettirishini bildirdi. Agar vaziyat keskinlashishda davom etsa, ikki tomon o‘rtasidagi iqtisodiy keskinlik yanada chuqurlashishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQSh muzokarachilari allaqachon Moskvaga yetib borgani haqida aytgan edi.

Shuningdek