«Zarubejneft» Andijondagi quyosh elektr stansiyasi loyihasi uchun tanlovni yakunladi

Rossiyaning «Zarubejneft» kompaniyasi Andijon viloyatida quyosh elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha arizalarni qabul qilishni yakunladi.
Tenderlarning umumiy qiymati taxminan 23 million rubl ($264,9 ming) atrofida. Kompaniya huquqshunos va texnik maslahatchilarni izlagan. «Zarubejneft» tanlov natijalarini 11-aprel kuni e’lon qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Andijonda $100 millionlik quyosh elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha memorandum 2024-yil may oyida Moskvada imzolangan edi. Loyihani 2026-yilgacha ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, Rossiya kompaniyasi $100 million miqdorida Andijonda chiqindilarni elektr energiyasiga qayta ishlash korxonasini barpo etishda ko‘maklashadi.
Eslatib oʻtamiz, Fransiyaning Voltalia energetika kompaniyasi Oʻzbekistondagi yashil energiya klasteri uchun elektr energiyasini sotishi haqida yozgan edik.