2042-yilgacha Qarshi shahri hududi deyarli ikki baravarga kengaytiriladi

eʼlon qilindi
11 026,8 gektarga kengayadi
Qarshi shahri
2042-yilgacha Qarshi shahri hududi deyarli ikki baravarga kengaytiriladi / Foto: Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi

Qarshi shahri hududi 2042-yilgacha deyarli ikki baravarga kengaytiriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarorida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, shaharning bosh rejasi tasdiqlangan bo‘lib, Qarshi hududi Koson, Qarshi va Ko‘kdala tumanlari hisobidan olingan holda 7 ming 767 gektarga oshiriladi. Kengaytirish ishlari bosqichma-bosqich 2042-yilgacha davom etadi.

Hozirda shaharning umumiy maydoni 8 308,9 gektarni tashkil etadi. 2030-yilga kelib bu ko‘rsatkich 11 026,8 gektarga, 2042-yilga borib esa 16 073,6 gektarga yetishi kutilmoqda.

Aholi soni hozirgi 300 mingdan 470 ming kishiga yetishi mumkin. Uyni taqsimlash ko‘rsatkichi ham oshib, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydoni 14,1 kvadrat metrdan 23 kvadrat metrgacha ko‘payadi. Yangi qurilishlar natijasida shaharda 9 va 20 qavatli zamonaviy turarjoy binolari qad rostlaydi.

Qashqadaryo viloyati hokimligiga Qarshi shahri bosh rejasini amalga oshirish bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqish va uni uch oy ichida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish vazifasi yuklatildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qashqadaryoda yonilgʻi qoʻyish shoxobchasida yongʻin yuz bergani haqida yozgandi.

Shuningdek