Toshkentda $3,5 mln budjetga ega hind kinosi namoyish etildi

Kinematografiya agentligi va Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida «Hind kinosi kunlari» ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Tadbirda Bollivudning mashhur kinoijodkorlari, jumladan, Abhishek Bachchan ham ishtirok etdi. Shuningdek, uning ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan «Ghoomer» filmi namoyish etildi», – deb xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.
Film rejissyori Balkining aytishicha, film budjeti $3,5 mlnni tashkil etadi.
«Bu film kriket haqida va biz bunga taxminan $3,5 mln sarfladik. Hozircha bu kino onlayn platformalar va bir qator kinoteatrlarda namoyish etilmoqda», – dedi kinorejissyor.

Tadbirda ushbu kinofestival ayollarga bag‘ishlanib, Hind elchixonasi va Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilganiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz kinofestival davomida yana bir qator kinolar namoyish etiladi:
15-mart kuni soat 15:00 va 17:15 da «Sadoqatli yor» – murakkab munosabatlar haqida ta’sirli dramasi;
16-mart kuni soat 11:00 va 13:00 da «Ona» – ijtimoiy tengsizlik va umidsizlik haqida hayotiy dramasi;
16-mart kuni soat 15:00 va 17:30 da «Tarsaki» – kuchli ijtimoiy dramasi;
16-mart kuni soat 11:00 va 13:15 da «Ayol zehni» – o‘zini anglash va ishonch haqidagi filmlar namoyish etiladi.
Ma’lumot uchun, filmlar o‘zbekcha subtitr bilan namoyish etiladi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan kino ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilishi haqida xabar bergan edi.