
Toshkent shahridagi «Sirg‘ali» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida xorijdan olib kelingan 11 turdagi avtoehtiyot qismlari aslida butun boshli o‘zi ag‘daruvchi yuk avtotransport vositasi (samosval) ekani aniqlandi.
Yuk egasi transport vositasini qismlarga ajratib, avtoehtiyot qismlar sifatida rasmiylashtirish orqali bojxona to‘lovlaridan qochishga uringan. Ushbu harakat orqali u 800 mln so‘m miqdoridagi bojxona to‘lovlarini to‘lamaslikka harakat qilgani fosh etildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli huquqiy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat bojxona ko‘rsatkichi bo‘yicha 140-o‘rindan 74-o‘ringa ko‘tarilgani haqida xabar bergan edi.