
Fransiyaning Parij shahrida 7 – 15-aprel kunlari fisher shaxmati bo‘yicha nufuzli Freestyle Chess Grand Slam Tour turniri bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 12 nafar eng kuchli shaxmatchisi ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ilgari 11 nafar ishtirokchi aniqlangan bo‘lib, so‘nggi yo‘llanma uchun shaxmatchilar saralash turnirida kuch sinashdi.
Afsuski, O‘zbekistonning ikki iqtidorli grossmeysteri – Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov saralashning ilk bosqichida mag‘lubiyatga uchrab, turnir finaliga chiqa olmadi. Abdusattorov 1/8 finalda hindistonlik Pranesh Muniretinamga yutqazdi, Sindarov esa amerikalik Lener Domingesga imkoniyatni boy berdi.
Saralash bosqichida Pranesh Muniretinam keyingi bosqichda hamyurti Vidit Gujratiga mag‘lub bo‘ldi, Lener Dominges esa eronlik Amin Tabatabayiga imkoniyatni boy berdi.
Mukofot jamg‘armasi $660 mingni tashkil etuvchi ushbu turnir shaxmat olamidagi eng nufuzli musobaqalardan biri hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nodirbek Abdusattorov NAVI shaxmat jamoasiga qo‘shilgani haqida xabar bergan edi.