Amerika samolyoti Denver aeroportida yonib ketdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Qurbonlar yoʻq
Amerika samolyoti yonib ketdi
Amerika samolyoti Denver aeroportida yonib ketdi/ Foto: Videodan tasvir/Joshua Sunberg

Kolorado shtatidagi Denver xalqaro aeroportida American Airlines yoʻlovchi samolyoti yonib ketdi. Bu haqda Fox News telekanaliga tayanib RBC ma’lum qildi.

Boeing 737-800 samolyoti Kolorado Springsdan havoga koʻtarilganidan 20 daqiqa oʻtgach, dvigatel tebranishi tufayli Denverga favqulodda qaytishga majbur boʻlgan. Yonish samolyot qoʻngandan soʻng uning dvigatelida muammolar tufayli yuzaga kelgan.

Samolyot bortida 172 yoʻlovchi va olti ekipaj a’zosi boʻlib, ularning barchasi samolyotni eson-omon tark etgan. Videolavhada samolyotdan qora tutun chiqayotgani va yoʻlovchilar evakuatsiya qilinayotgani koʻrsatilgan. Manbaga koʻra, hodisada qurbonlar yoʻq.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Silk Avia samolyoti 13-mart, payshanba kuni ertalab Termizga qoʻna olmagani haqida yozgan edi.

Shuningdek