Butan davlati yog‘och modullardan iborat yangi shahar barpo etmoqchi

eʼlon qilindi
Loyiha doirasida xalqaro aeroport ham quriladi
Foto: BIG-Bjarke Ingels Group

Butan Hindiston bilan chegaradosh Gelephu shahrida «Mindfulness» shahrini barpo etishga kirishdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Bjarke Ingels Group tomonidan ishlab chiqilgan loyiha yog‘och modul tuzilmalarga asoslangan bo‘lib, u an’anaviy Butan me’morchiligi va zamonaviy ekologik tamoyillarni uyg‘unlashtiradi.

Foto: BIG-Bjarke Ingels Group

Gelephu xalqaro aeroporti yiliga 1,3 mln yo‘lovchini qabul qilishga qodir bo‘ladi. Mamlakat qirollik hukumatining ta’kidlashicha, ushbu loyiha nafaqat biznes markazi, balki milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega.

Foto: BIG-Bjarke Ingels Group

Butan «yuqori qiymat, past ta’sir» tamoyili asosida turizmni rivojlantirib, tashrif buyuruvchilardan kuniga 100 dollar barqaror rivojlanish to‘lovini undirish orqali sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Warner Bros Shanxayda turistlar uchun «Garri Potter studiyasi»ni qurishi haqida yozgan edik.

Shuningdek