Yangiliklar

Fargʻonada «Tulpor» traktorlari ishlab chiqariladi

Xitoylik investorlar zavod qurilishiga $100 mln sarmoya kiritadi
"Tulpor" traktori
Fargʻonada «Tulpor» traktorlari ishlab chiqariladi/ Foto: Chris Robert / Unsplash

Xitoylik investorlar Fargʻona viloyatining Quvasoy sanoat zonasida «Tulpor» savdo belgisi ostida traktorlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Viloyat hokimligining ma’lum qilishicha, zavodga $100 mln yoʻnaltiriladi.

Loyihaning birinchi bosqichida sarmoyadorlar tomonidan $30 mln miqdoridagi sarmoya kiritiladi. Korxonada Oʻzbekiston ichki bozori va xorijiy xaridorlar uchun uchta rusumdagi traktorlar ishlab chiqariladi. Zavodda 250 ish oʻrni yaratiladi.

Ikkinchi bosqichda zavodda butlovchi qismlar ishlab chiqarish va servis markazi tashkil etiladi. Loyihaga yoʻnaltirilgan jami sarmoya $100 mlnni tashkil etadi.

Ishlab chiqarish obyektining tomlari umumiy quvvati ikki MVt boʻlgan quyosh panellari bilan jihozlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Orano va «Navoiyuran» Janubiy Jongeldi uran qazib olish loyihasi boʻyicha sanoat rivojlanishiga asos boʻluvchi kelishuvni e’lon qilgani haqida yozgan edi.