Japarov Markaziy Osiyoda vizasiz rejim joriy etishni taklif qildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Chet elliklar uchun yagona viza ham nazarda tutilmoqda
Markaziy osiyo xaritasi/ Foto: tom.griger/Depositphotos

Markaziy Osiyoda vizasiz rejim joriy etilishi mumkin. Bu haqda Qirgʻiziston rahbari Sadir Japarov oʻzining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

«Mintaqadagi barcha davlatlar chegara masalalarini nihoyat oʻzaro hal qildi. Shu paytdan boshlab Markaziy Osiyoda abadiy tinchlik oʻrnatildi. Endi Markaziy Osiyo davlatlari vizasiz rejimni joriy etish jarayonini boshlashi kerak», – deb yozdi Japarov.

Qirgʻiziston rahbari chet elliklar uchun yagona viza joriy etishni ham taklif qilgan. U Yevropa Ittifoqida amal qiladigan Shengen vizani namuna sifatida keltirgan.

Kursiv Uzbekistan nashri Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi chegara boʻyicha kelishuv imzolangani haqida yozgan edi.

Shuningdek