Samaqandda 124,2 mln soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
eʼlon qilindi
Oilaviy korxona tijoriy maqsadda noqonuniy ulangan

Jomboy tumanida oilaviy korxonasi hisoblagichdan tashqari gaz tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulangani aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida 124,2 mln soʻmlik zarar yetkazilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Bosh prokuratura 475 mln soʻmlik noqonuniy elektr energiyasi iste’molini fosh etgani haqida yozgan edi.