Yangiliklar

Joriy yilda 104 ta eksport qiluvchi kompaniya IT Park rezidentiga aylandi

Ularning 57,7 foizi xorijiy kapital ulushi mavjud korxonalar
IT park
Joriy yilda 104 ta eksport qiluvchi kompaniya IT Park rezidentiga aylandi/ Foto: Prezident matbuot xizmati

2025-yilning dastlabki ikki oyidayoq IT Park Uzbekistan oʻz safiga IT va servis xizmatlari eksportiga yoʻnaltirilgan 104 ta yangi rezidentni qabul qildi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi rezidentlar oʻz faoliyatining birinchi yilida 2,4 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratishni moʻljallamoqda. Bu esa mamlakatning yuqori texnologiyali sektorini rivojlantirish va malakali mutaxassislar sonining oʻsishiga hissa qoʻshadi.

Yangi rezidentlar IT-sanoatining quyidagi sohalarida faoliyat yuritadi:

  • BPO va servis xizmatlari – 40 ta kompaniya;
  • IT-xizmatlar – 38 ta kompaniya;
  • IT-mahsulotlarni ishlab chiqish – 23 ta kompaniya;
  • kreativ sektor – 3 ta kompaniya.

Yangi rezidentlar faoliyatining birinchi yilida ularning umumiy eksport hajmi $31 mlndan oshadi. Asosiy eksport bozorlari – AQSh, Kanada, Xitoy, Fransiya, Germaniya, Gruziya, Yaponiya, Latviya, Turkiya, BAA va Malayziya boʻlishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Rossiya Davlat dumasi raisi IT Parkʼni yuqori baholagani haqida yozgan edi.