O‘zbekistonda MCHJlar eng ko‘p savdo sohasida faoliyat yuritmoqda

eʼlon qilindi
105 mingta
Foto: Bumefa

2025-yil 1-mart holatiga respublikada 285 mingta mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ularning eng ko‘pi savdo sohasida bo‘lib, 105 mingta MChJ aynan shu yo‘nalishda ishlaydi. Sanoat sohasida 40 mingta, qurilish sohasida 24 mingta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida esa 24 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, yashash va ovqatlanish xizmatlari yo‘nalishida 16 mingta, tashish va saqlash sohasida 14 mingta, axborot va aloqa sohasida 8,6 mingta, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha esa 6,9 mingta MChJ mavjud. Qolgan 43 mingta MChJ esa boshqa turli sohalarda faoliyat olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq MChJlar korporativ shartnomalar tuzishi mumkin bo‘lishi haqida yozgan edik.

Shuningdek