O‘zbekistonlik chorvadorlar AQShning elita naslli buqalarini baholadi

eʼlon qilindi
Bunday buqalarning har biri $100 mingdan boshlanadi
Foto: IDala.kz

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan chorvachilik delegatsiyasi AQShning Montana shtati, Biling shahridagi Genex kompaniyasi bazasida bo‘ldi. Bu haqda ElDala.kz portali xabar berdi.

Unga ko‘ra, fermerlar qoramollarni sun’iy urug‘lantirish imkoniyatlarini o‘rgandilar.

Kompaniya, asosan, qora angus zotidagi naslli buqalar urug‘ini sotadi. Bazada taxminan 100 ta buqa saqlanadi. Ularning urug‘ narxi dozasi uchun $40 dan boshlanadi.

Bunday naslli buqalarning har biri $100 – 150 ming atrofida baholanadi.

Kompaniyaning shunday bazalari butun dunyo bo‘ylab mavjud bo‘lib, O‘zbekistonga eng yaqin markaz Xitoyda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklariga QQSning 50 foizi qaytarilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek