Poytaxtdagi ichki yo‘llar ta’miriga 12 milliard so‘m ajratiladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Har bir tumanga 1 milliard so‘mdan bo‘lib beriladi
                    
                            
Toshkent shahrida ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun 12 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi. Bu shahar hokimi Shavkat Umrzoqov qarorida qayd etilgan.
Unga ko‘ra, mablag‘lar Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan ajratilib, tumanlarning obodonlashtirish boshqarmalariga yo‘naltiriladi.
Har bir tuman 1 mlrd so‘mdan mablag‘ oladi. Qaror ijrosi va mablag‘larning maqsadli sarflanishini shahar hokimi o‘rinbosarlari nazorat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda avtomatik havo monitoringi stansiyalari ishga tushirilgan edi.