Gadjetlar

Samsung Xitoyga qariyb $45 mlrdlik chip sotdi

Samsungʼning chip xaridorlari ro‘yxatida AQSh Xitoydan keyingi o‘rinda
Samsung chip savdosi
Samsung Xitoyga qariyb $45 mlrdlik chip sotdi/ Foto: SamMobile

Samsung Xitoyga 2023-yilda $44 mlrdlik chip eksport qilgan. Bu koʻrsatkich 2022-yilga nisbatan 53,9 foizga oʻsganini koʻrsatadi. Bu haqda Sammobile Samsung tomonidan e’lon qilingan hisobotga tayanib ma’lum qildi.

Kompaniya tomonidan taqdim etilgan hisobotga koʻra, Xitoyga chip eksporti 2023-yilda 64,93 trillion von yoki $44,6 mlrdni tashkil qilgan. AQSh esa kompaniyaning $42,1 mlrdlik chiplarini sotib olgan.

Samsung, asosan, Xitoyga NAND flesh, LPDDR, tasvir sensorlari va displey drayverlarini sotadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Samsung va LG ishlab chiqarishni Meksikadan AQShga koʻchirishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.