
Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad al-Sharo mamlakatni besh yil davomida islomiy boshqaruv ostida qolishini belgilaydigan vaqtinchalik konstitutsiyani imzoladi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, muvaqqat prezident Hay’at Tahrir ash-Shom (HTS) islomiy guruhining hokimiyatni egallashi ortidan rahbarlikka kelgan.
Konstitutsiya davlat rahbarining musulmon bo‘lishi shartligi va shariat asosiy qonunchilik manbai ekanini saqlab qoladi. Shu bilan birga, so‘z va matbuot erkinligi bo‘yicha ba’zi kafolatlarni ham o‘z ichiga oladi.
G‘arb davlatlari yangi hukumatning inklyuzivligini kutayotganini bildirgan bo‘lsa, Isroil Damashqdagi Falastin Islomiy Jihodi guruhining qo‘mondonlik markaziga zarba berdi. Suriyadagi vaziyat keskinlashishda davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyadagi eskalatsiya ko‘plab qurbonlarga olib kelgani haqida yozgan edik.