Temu O‘zbekistonda eng koʻp yuklab olingan ilovalar roʻyxatini tark etmoqda

eʼlon qilindi
Ilova 20-martdan boshlab bloklanishi aytilgan
Temu
Temu eng koʻp yuklab olingan ilovalar roʻyxatini tark etmoqda/ Foto: BBC

Temu’ning Oʻzbekistonda bloklanishi ma’lum boʻlgandan keyin yuklab olinish indeksida oʻrni keskin pasaymoqda. Marketpleys Google Playʼda 35-oʻringa, App Storeʼda esa 50-oʻrindan ham pastroqqa tushib ketdi.

Xitoydan tovarlar yetkazib beruvchi Temu marketpleysi 20-martdan boshlab bloklanishi e’lon qilinganidan keyin Temu ilovasi eng koʻp yuklab olingan ilovalar roʻyxatidagi yetakchilikni boy berdi.

Similar Web ma’lumotlariga koʻra, 2025-yilning 9-mart holatiga Temu ilovasi oʻzbekistonliklar orasida Google Playʼda 35-oʻringa tushib ketgan. App Storeʼda ham shunday holat: ilova Top – 50 roʻyxatidan ham pastda.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda O‘zbekiston bozoriga kirib kelgan va rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan elektron savdo platformalari tomonidan Davlat budjetiga 160 milliard so‘m soliq to‘landi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Temu bloklanishi sabablari haqida yozgan edi.

Shuningdek