Tesla arzon elektromobillar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

14-mart 2025 17:30 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Tesla
Teslaning yangi arzon avtomobilini chiqardi/ Foto: Piqsels

Amerikaning Tesla kompaniyasi kelajakda bir nechta arzon elektromobillarni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Xitoyning 36Kr nashri xabar berdi.

Manbalarga koʻra, kompaniya bir vaqtning oʻzida bir nechta qulay narxli elektr avtomobillarni ishlab chiqarishni maqsad qilgan. Ulardan birinchisi Model Y krossoverining soddalashtirilgan versiyasi boʻladi. Model Y 2020-yildan beri AQSh bozorida sotilmoqda va uning narxi $31,5 mingni tashkil etadi.

Yangi arzon model Xitoyning Gigafactory Shanghai zavodida yigʻiladi va standart versiyadagi motor, shassi hamda akkumulyator bilan jihozlanadi. Jurnalistlar uni Model 3’ga qiyoslashmoqda. Tesla ushbu modelni 2024-yil avgust oyida soddalashtirib, ba’zi funksiyalarni olib tashlagan holda Meksika bozorida arzonlashtirilgan narxda sotuvga chiqargan edi.

Hozircha yangi elektromobilning aniq chiqish sanasi va narxi oshkor qilinmagan. Ekspertlarning taxminicha, u Model Y’ga boʻlgan talab pasayishni boshlaganidan keyin taqdim etilishi mumkin.

Shu bilan birga, 2024-yil noyabr oyida Tesla bosh direktori Ilon Mask investorlarga kompaniya $25 minglik arzon elektromobil ishlab chiqarmasligi haqida ma’lum qilgan edi. U buning oʻrniga kompaniya e’tiborini avtonom taksi ishlab chiqarishga qaratishini ta’kidlagan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Tramp Ilon Maskni qoʻllab-quvvatlash uchun Tesla xarid qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek